Qiyomat soatining bayoni Alloh taolo aytadi: «Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘ dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar. Odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj surasi, 1-2-oyatlar). Ali ibn Abu Tolib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Odamlarga bir zamon keladiki, islomning faqat ismi, dinning rasm- rusumi, Qur'ondan faqat dars qilish qoladi. U zamonda masjidlar obod bo‘ladilar. Lekin ular hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi. Mana shu zamonda odamlarning eng yomoni ulamolar bo‘ladi. Ulardan fitna chiqadi va o‘zlariga qaytadi. Bular qiyomatning alomatlaridir.!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]